
Fanlararo hamkorlik bilan sifatli taʻlim tomon
Fanlararo hamkorlik bilan sifatli taʻlim tomon

Joriy yilning 2-semestri davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Ingliz tili” va “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi o‘qituvchilari fanlararo hamkorlikda loyihani amalga oshirishdi. BRM 4, sifatli ta’lim berish maqsadi asos qilib olingan ushbu loyihada Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-kurs talabalari ishtirok etishdi.
Ma’lumki, universitetda 2-kurs talabalariga maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP) fani o‘tiladi. Talabalar maxsus fanlardan olgan bilimlarini ingliz tili darslarida va o‘z navbatida ingliz tilidan olgan bilim va ko‘nikmalarini maxsus fanlardan tashkil qilingan mashg‘ulotlarda mustahkamlash imkoniyatiga egadirlar. Shuni e’tiborga olgan holda, 2-kurs talabalarining mustaqil ta’limini samarali tashkil qilish maqsadida “Ingliz tili” va “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi o‘qituvchilari 2 bosqichdan iborat hamda menejment sohasidagi bilimlar hamda til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan vazifani ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilishdi.
Vazifa doirasida talabalar jahon adabiyoti durdonalaridan biri hisoblangan Eliyahu Goldratning “The Goal (Maqsad)” kitobini o‘qishdi va menejment sohasida nazariy bilimlarni mustahkamlashdi va 2 bosqichda ushbu bilimlarni va kitob to‘g‘risidagi taassurotlarini ingliz tili darslarida taqdimot qilib berishdi. Interdissiplinar( fanlararo hamkorlik)yondashuviga asoslangan ushbu loyiha ESP va menejmentni o‘qitishda ta’lim sifatini va mazmunini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi va ijobiy natijalar ko‘rsatdi.