
JIDU rektori Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik bo‘yicha Xitoy xalq jamiyati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
JIDU rektori Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik bo‘yicha Xitoy xalq jamiyati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik bo‘yicha Xitoy xalq jamiyati raisi Yan Vanmin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar har qanday sharoitda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda parlament, ta’lim va xalq diplomatiyasining o‘rni qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi. Hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirishga ko‘maklashish, bu borada joriy yil davomida rejalashtirilgan tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Shuningdek, turizm, taʼlim va ilmiy-akademik yo‘nalishda almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
| Sana: | 06.05.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 57 |
| Ulashish: |




