JIDUda “Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik maslahat berish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinika tashabbusi bilan 2025-yilning 22-avgust kuni “Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik maslahat berish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirning maqsadi aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bepul yuridik yordam mexanizmlarini targ‘ib qilish va aholining huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

    Muloqotda JIDU Yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar boyicha birinchi prorektor O.Yusupdjanov boshchiligida, rektor maslahatchisi A.Turdimatov, JIDU Yuridik klinikasi direktori Z.S.Ubaydullayev va universitet professor-oqituvchilari, talabalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqiy muammolari, bepul yuridik maslahat berishning amaldagi tartibi hamda yuridik klinikaning bu boradagi faoliyati keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar oz savollariga bevosita mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

    Tadbir yakunida fuqarolarning huquqlarini samarali himoya qilish, bepul yuridik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bu yonalishda yangi tashabbuslarni ilgari surish boyicha tavsiyalar berildi. Yuridik klinika bundan buyon ham aholiga bepul yuridik maslahatlar korsatishda davom etishini hamda talabalar uchun amaliy konikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalarni kengaytirishini malum qildi.