JIDUda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

JIDUda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

    2025-yil 20-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

     Ushbu tadbir universitet bitiruvchilari va talabalari uchun o‘z kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish va mehnat bozoridagi dolzarb talablar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

    Tadbirda respublikaning nufuzli davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va sug‘urta va telekommunikatsiya kompaniyalari kabi 50 dan ziyod tashkilotlar ishtirok etishdi. Jumladan, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, va boshqa yirik ish beruvchi tashkilotlar qatnashdi.

    Ular talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    “Karyera kuni” doirasida talabalar o‘z rezyumelarini mutaxassislarga taqdim etish, suhbatdan o‘tish bo‘yicha tajriba orttirish va ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

    Mazkur tadbir universitetning ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorligini mustahkamlash, yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash hamda ularning kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli kirib borishlariga ko‘maklashish maqsadida muhim ahamiyat kasb etdi.