JIDU o‘qituvchisi Stanford universitetida ma’ruzalar o‘tkazdi

JIDU o‘qituvchisi Stanford universitetida ma’ruzalar o‘tkazdi

    JIDU o‘qituvchisi Stanford universitetida ma’ruzalar o‘tkazdi

    JIDU o‘qituvchisi Stanford universitetida ma’ruzalar o‘tkazdi

    Joriy yilning 6-11 may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) “Xalqaro va ommaviy huquq” kafedrasi professori Nug‘mon Nug‘monov AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Stenford universitetiga tashrif buyurib, ma’ruzalar o‘tkazdi.

    Tashrif doirasida u Doerr School of Sustainability qoshidagi Center for Innovation and Design Research xalqaro instituti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilariga Markaziy Osiyodagi jarayonlar haqida ma’lumot taqdim etdi.

    Bundan tashqari, N. Nug‘monov xalqaro huquqning asosiy yo‘nalishlari, jumladan qiyosiy qonunchilik, tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish, kiberhuquq va sun’iy intellekt sohalaridagi zamonaviy yondashuvlar va dolzarb masalalar bilan tanishib chiqdi hamda ushbu sohalarning yetakchi mutaxassislari bilan fikr almashdi.