JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    2024-yil 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Ufuk Ulutash bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Tadbirning asosiy maqsadi JIDU va Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat edi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining, ayniqsa ta’lim va ilmiy almashinuvlar sohasidagi ijobiy o‘zgarishlari ta’kidlab o‘tildi. Ishtirokchilar JIDU tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagani, xususan, turk ko‘ngillilari ishtirokida akademik va madaniy almashinuv dasturlarini tashkil etgani uchun Turkiya elchixonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

    Turk tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi: hozirda JIDUning 120 nafar talabasi turk tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganmoqda.

    Uchrashuvda Turkiyaning quyidagi universitetlari bilan hamkorlikda erishilgan yutuqlar taqdim etildi:

    - Ibn Xaldun universiteti,

    - Anqaradagi Yildirim Boyazit universiteti,

    - Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti,

    shuningdek, Marmara universiteti bilan yangi shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, tomonlar akademik almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

    Elchi Ufuk Ulutash Turkiyaning hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishini ta’kidlab, ikki davlat universitetlari va tahlil markazlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashishga tayyorligini izhor etdi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va diplomatik tayyorgarlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish niyatini tasdiqladi, shuningdek, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun sezilarli imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar.