JIDU o‘qituvchisi Sanskaram universitetiga ekspert sifatida taklif etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fakulteti o‘qituvchisi Rushana Sadullayeva nufuzli xalqaro maydon ishtirokchisiga aylandi.

    U Hindistonning Sanskaram universiteti Huquq va huquqiy tadqiqotlar maktabiga ekspert-ma’ruzachi sifatida taklif etildi va “Xalqaro investitsiya huquqi va arbitraj: rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun asosiy muammolar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

    Ma’ruza davomida xalqaro investitsiyalarning huquqiy mexanizmlari rivojlanishi, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan o‘ziga xos qiyinchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

    Rushana Sadullayevaning ishtiroki uning soha olimi sifatidagi nufuzi tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi, xalqaro akademik muloqotni rivojlantirishga hissa qo‘shadi hamda fakultet va universitet obro‘sini mustahkamlaydi.