
JIDUda “Mushoira kechasi” tashkil etildi
JIDUda “Mushoira kechasi” tashkil etildi

2025-yil 19-iyun kuni “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari o‘rtasida “Mushoira kechasi” tashkil etildi.
Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning adabiyotga, she’riyatga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Mushoira davomida talabalar mashhur shoirlarning she’riy to‘plamlari bilan tanishdilar, o‘zlari sevgan asarlarni o‘qidilar hamda badiiy tahlillar olib borishdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy kechalar — yoshlarning fikrlash doirasini kengaytiradi, ijodkorlik salohiyatini rivojlantiradi va ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi.
Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bunday tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bilim va madaniy saviyasini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi.