JIDU vakili Ludovika Davlat Xizmati Universitetida xalqaro huquqiy hamkorlikka bag‘ishlangan ma’ruza bilan ishtirok etdi

    2025-yil 10-iyun kuni “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti Surayyo Usmanova Budapesht shahridagi Ludovika Davlat Xizmati Universitetida Turk davlatlari tashkiloti doirasidagi xalqaro huquqiy hamkorlikka bag‘ishlangan ma’ruza bilan ishtirok etdi.

    Ma’ruzadan so‘ng bo‘lib o‘tgan fikr almashinuvi tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasidagi huquqiy va institutsional hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy intilishni yaqqol namoyon etdi.

    Mazkur taqdimot “Xalqaro huquqni o‘qitish: Turkiy yondashuv” nomli xalqaro loyihaning bir qismi bo‘lib, u xalqaro huquqiy ta’limga mintaqaviy e’tiborni kuchaytirish, o‘quv dasturlarini boyitish va turkiy dunyoning xalqaro huquq rivojiga qo‘shgan hissasini targ‘ib qilishga qaratilgan.