“Humoyun” mahalla fuqarolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligi bag‘ishlangan davra-suhbati tashkil etildi

    Joriy yilning 5-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʼqituvchilari N.Аminova, X.Maratova va M.Sobirjonovalar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Humoyun» mahallasiga tashrif buyurishdi. Humoyun mahallasi faollari: MFY raisi А.E.Djalolov, MFY hokim yordamchisi M.Miraxmedov, xotin-qizlar faoli А.Maxmutova, Yoshlar yetakchisi D.Umarov, Profilaktika inspektori F.Sayitov va mahalla faol fuqarolari qatnashgan ushbu tadbir “Konstitutsiya-farovonlik garovi” mavzu doirasida tashkil etildi.

    «Humoyun» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi А.E.Djalolov so‘zga chiqib: Davlatimiz va mustaqilligimiz ramzi hisoblangan Konstitutsiyamizning 33-yilligi bilan barchani tabrikladi. Konstitutsiya huquq ustuvorligini, qonun barcha uchun barobarligini kafolotlovchi asosiy hujjat ekanligi haqida taʼkidladi. Konstitutsiya — davlatning eng asosiy qonuni bo‘lib, u mamlakatdagi siyosiy tuzumni, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini, davlat hokimiyatining shakllari va vazifalarini belgilaydi. Konstitutsiya har bir fuqaroga tenglik, erkinlik, hurmat va adolatni kafolatlaydi. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyati tartibga solinadi, hukumatning vakolatlari va cheklovlari aniq belgilanadi. Konstitutsiya xalqning irodasini ifodalaydi va mamlakatda huquqiy barqarorlikni taʼminlaydi. U qabul qilingan kunning oʼziyoq jamiyatning rivoji, tinchlik va farovonligi uchun muhim huquqiy asos boʼlib xizmat qiladi, deb taʼkidladi.

    Shu borada JIDU «Xalqaro munosabatlar» fakulteti Siyosatshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqib, bugungi globallashuv davrida Davlatning asosiy qonuni hisoblanmish Konstituttsiya haqida fikr va mulohazalar bildirdilar. «Siyosatshunoslik» kafedrasi o‘qituvchilari N.Аminova, X.Maratova va M.Sobirjonovalar aholi vakillari va faollarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Konstitutsiya va qonunlar davlatning asosiy huquqiy poydevori ekanligi, aynan qonunlar hurmat qilinadigan davlat va jamiyatlarda fuqarolarni haq huquqlari taʼminlanishi haqida gapirib o‘tildi. Mahallalar bilan hamkorlikdagi tadbirlar bardavom bo‘lishi haqida kelishib olindi.