JIDUda ta’limda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda ta’limda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda ta’limda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda ta’limda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 4-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Taʼlimda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya Yevropa va turkiy tillar hamda O‘zbek va rus tillari kafedralari tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etilib, joriy yilda xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalari ishtiroki bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

     Mazkur anjuman oliy ta’lim tizimida fillogiya fanlarini o‘qitish masalalari, sun’iy intellekt vositalarining chet tili o‘qitishdagi didaktik imkoniyatlari, zamonaviy til ta’limi sifatini ta’minlashning strategiya va usullari, madaniyatlararo aloqa kontekstida chet tilini o‘qitishning dolzarb vazifalari hamda zamonaviy tilshunoslikda fanlararo integratsiyaning kognitiv, neyrolingvistik va raqamli yondashuvlari kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.

    Konferensiyada Ozarbayjon Tillar Universiteti, Naxchivon Davlat Universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Boku filiali, Turkiyaning Kirklareli universiteti Fan va adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti bo‘limi, Kayseri shahridagi Erjiyes universiteti, shuningdek, Ispaniya va Italiya davlatlaridan tashrif buyurgan olimlar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.

     Xususan, Turkiyaning Kirklareli universiteti olimlari, fan doktori Beytulloh Bekar, fan doktori Halil Ibrohim Iskandar va tadqiqotchi Edanur Uyanik, fan doktori Yasin Yayla, Ozarbayjon Tillar Universiteti vakillari filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ulfat Zokir o‘g‘li Ibrohim, Naxchivon Davlat Universiteti o‘qituvchisi Alaviyya Bahruz Nuri, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Boku filiali vakili Xalilova Gamida Azizaga qizi, Ispaniya vakili Alexandro Peres Guterres hamda Italiya vakili Marko Brinone kabi ma’ruzachilar bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida til siyosati, lingvistik muammolar va til ta’limidagi muammolar va ularning ychmlari to‘g‘risida o‘z fikrlari va ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

      Bugungi kunda globallashuv jarayonlari ta’lim sohasida yangi yondashuvlarni talab etib, chet tillarini o‘qitish sifati, ko‘p tillilikni rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga integratsiya qilish va madaniyatlararo muloqotni takomillashtirish masalalarini dolzarb vazifalar qatoriga olib chiqmoqda. Shu nuqtayi nazardan, konferensiya doirasida muhokama qilingan ilmiy g‘oyalar va ilg‘or tajribalar mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning rivojiga munosib hissa qo‘shadi.