
JIDU 1-kurs talabalari uchun ikkinchi chet tillari taqdimoti o‘tkazildi
JIDU 1-kurs talabalari uchun ikkinchi chet tillari taqdimoti o‘tkazildi

Joriy yilning 5-7-may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-kurs talabalari Sharq va Roman-german tillari kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikkinchi xorijiy tillar taqdimoti o‘tkazildi.
Til kafedralari vakillari JIDUdagi til tayyorgarligi, taklif etilayotgan 12 ta chet tilining har birini o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berishdi.
Uchrashuv qatnashchilari kafedralarda dars berayotgan ona tili sifatida chet tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilar, almashinuv akademik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, kafedralarning o‘quv-uslubiy ta’minoti haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
O‘z navbatida, Sharq va Roman-german tillari kafedralari professor-o‘qituvchilari har bir chet tilini o‘qitish ta’lim yo‘nalishiga mos kelishini va talabalarda turli sohalarda: siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axborot va madaniy sohalarda chet tili kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilganligini ta’kidladilar. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitishdagi eng dolzarb tendensiyalarni inobatga olgan holda asl manbalardan olingan materiallarga asoslanganligini ham aytib o‘tishdi.