
JIDU mini MBA “Raqamli asrda biznes boshqaruvi” dasturini yo‘lga qo‘ydi
JIDU mini MBA “Raqamli asrda biznes boshqaruvi” dasturini yo‘lga qo‘ydi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) yangi mini MBA “Raqamli asrda biznes boshqaruvi” dasturini ishga tushirdi, uni Executive Education fakulteti (Boshqaruv va biznes) Senteo (AQSh) konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.
Dastur tadbirkorlar, davlat va xususiy kompaniyalar yuqori lavozimli rahbarlari, funksional rahbarlar uchun mo‘ljallangan.
Dastur tinglovchilarda biznesni rivojlantirish strategiyalari, liderlik va jamoani boshqarish ko'nikmalari, operatsion samaradorlikni oshirish, robotizatsiya va AI qo'llash, o'zgarishlarni boshqarish usullarini o'rganish bo'yicha tizimli tushunchalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur 5 moduldan iborat bo'lib, biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlarini qamrab oladi va raqamli asrda boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish uchun vositalar va kompleks echimlar to'plamini taqdim etadi.
O‘qish jarayonining o'ziga xosligi – bu darslarni amaliy mutaxassislar olib borishi, haqiqiy biznes-holatlarni tahlil qilish, guruhlarda ishlash, individual maslahatlashishlar, seminarlarda ishtirok etish va bozor yetakchilari tajribasi bilan tanishish, shuningdek, turli biznes sohalaridagi ilg’or tadbirkorlar bilan professional tarmoqni rivojlantirish imkoniyatlaridir.
JIDUning Executive Education fakulteti yetakchi xorijiy universitetlar va kompaniyalar bilan hamkorlikda eng yangi texnologiyalar va ilg'or xalqaro tajribani jalb etish orqali davlat muassasalari, iqtisodiy tuzilmalar va tadbirkorlarning boshqaruv bo'g'inini zamonaviy boshqaruv usullariga o'rgatishni amalga oshiradi. Fakultetning hamkorlari orasida Glasgow universiteti, Oksford universiteti, ESSEC biznes maktabi, LUISS biznes maktabi, Yevropa akademiyasi yangiliklari/BBC, Axelcium konsalting kompaniyasi, Senteo konsalting kompaniyasi va boshqalar mavjud.
Senteo konsalting kompaniyasi strategiya va menejment, korporativ madaniyatni rivojlantirish va transformatsiya sohalariga ixtisoslashgan. Senteo mijozlari ro'yxatiga IBM, Renault, IKEA, Telefonica, Wembley, Vodafone, Barclays, UBS, Alfa-bank, BNP-Paribas, Citibank, Megafon, Gruziya Adliya vazirligi va boshqalar kiradi.