Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Say "Yes" to Friendship!" madaniyatlararo muloqot festivali bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Say "Yes" to Friendship!" madaniyatlararo muloqot festivali bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Say "Yes" to Friendship!" madaniyatlararo muloqot festivali bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Say "Yes" to Friendship!" madaniyatlararo muloqot festivali bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 25-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Say "Yes" to Friendship!” madaniyatlararo muloqot festivali bo‘lib o‘tdi.

    JIDU birinchi kurs talabalari 20 ta mamlakatni taqdim etishdi: AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Ruminiya, Janubiy Koreya, Tojikiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Meksika, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Ispaniya, Gruziya, Turkiya, Misr, Italiya va Fransiya. Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilari ushbu tadbirni loyiha ishi ko‘rinishida tashkil etdilar.

    Talabalar va o‘qituvchilar hamkorlikda tayyorlagan tadbir uch qismdan iborat edi: madaniyat yarmarkasi va mamlakatlar taqdimoti, rolli o‘yinlar orqali an’analarni namoyish etish hamda milliy raqslar yoki qo‘shiqlar ijrosi.  Tadbir ingliz tilida olib borilib, talabalarni xalqaro muloqot olamiga sho‘ng‘itdi.

    Tadbirda AQSH elchixonasi vakillari, ko‘ngillilar, madaniyat markazlari vakillari, JIDUda faoliyat yuritayotgan til sohiblari, atrofdagi mahallalar aholisi, jamoatchilik vakillari, ingliz tili kafedrasida ta’lim olayotgan maktab o‘quvchilari, JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Festival birinchi kurs talabalarining madaniyatlararo malakasini oshirish, turli xalqlarning an’analarini o‘rganish hamda taqdim etilgan mamlakatlarning qadriyatlari va urf-odatlarini tadqiq qilishga rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.  Har bir mamlakat taqdimotining muhim qismi sifatida ushbu davlatning O‘zbekiston bilan aloqalari haqida ma’lumot berildi.

    Har bir talabalar jamoasi o‘z iste’dodlarini, madaniyati va an’analarini bilishini o‘ziga xos tarzda namoyish etdi.  Jamoalarning dasturxoni milliy taomlar bilan bezatilgandi. Jamoalarning chiqishlarini alohida ta’kidlash lozim: Eron jamoasi raqsga tushib, fors tilida she’rlar o‘qidi, doirada Mozandaron an’anaviy musiqasini va Rizo Malikzodaning qo‘shig‘ini ijro etdi; Britaniya jamoasi quymoq bilan yugurish musobaqasini o‘tkazib, Gamlet monologini va Nyukaslning an’anaviy raqsini ijro etdi hamda Garri Potter qahramonlarini taqdim etdi; Janubiy Koreya jamoasi an’anaviy koreys to‘y marosimi, birinchi tug‘ilgan kun tantanasi, an’anaviy raqs va K-pop uslubidagi chiqishni namoyish qildi; Amerika jamoasi instrumental mamba va jazz raqsini ijro etib, Amerika mavzusida viktorina o‘tkazdi; Tojikiston jamoasi an’anaviy Pomir raqsi va qo‘shig‘ini taqdim etdi; Xitoy jamoasi tarixiy diplomatik tashrif sahnasini ko‘rsatib, raqs ijro etdi. Ayniqsa, Hindiston, Ispaniya, Ruminiya, Meksika, Gruziya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Italiya va O‘zbekiston jamoalari hamda Birlashgan Arab Amirliklari jamoasining taqdimotlari va chiqishlari g‘oyat qiziqarli va yorqin bo‘ldi.

    Barcha jamoalar tanlangan mamlakat madaniyatini ishtiyoq bilan taqdim etishdi.  Ishtirokchilar o‘zlarining nozik hazillari, chiroyli liboslari va jo‘shqin raqslari bilan tomoshabinlarni maftun etishdi.