
JIDU rahbariyati ijarada istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi
JIDU rahbariyati ijarada istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlari va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Oydin Sultonaliyevna Mannopova profilaktika inspektori hamda Yoshlar salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishi xodimi bilan birgalikda ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida talabalarning kundalik hayoti, maishiy sharoitlari va xavfsizligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
| Sana: | 20.10.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 50 |
| Ulashish: |




