JIDU talabalari “Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona–2025” musobaqasining shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

    2025-yil 16-iyun kuni Toshkentda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Farg‘ona-2025 talabalar kibersport o‘yinlari" musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.

     Musobaqada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari Counter-Strike 2, FIFA 2025 va Dota 2 yo‘nalishlari bo‘yicha faol ishtirok etdilar.

    JIDU jamoasi yuqori darajadagi texnik tayyorgarlik, strategik fikrlash va a’lo darajadagi jamoaviy hamkorlikni namoyish etdi. Ayniqsa, ishtirokchilar Dota 2 yo‘nalishida muvaffaqiyatli qatnashib, 3-o‘rinni egalladi va musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

    Turnir talabalarning raqamli savodxonligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom raqobat va jamoaviy birdamlik ruhini shakllantirish uchun muhim voqeaga aylandi.