
JIDU talabalari “Milliy qadriyatlar sayli” ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etdilar
JIDU talabalari “Milliy qadriyatlar sayli” ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etdilar

Joriy yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy o‘zlikni asrash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida “Adiblar xiyobonida — Milliy qadriyatlar” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari o‘zlarining namunaviy chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarimizni, milliy o‘zligimizni, adabiyot va san’at orqali xalqimizning ma’naviy dunyo qarashini yanada yuksaltirish, yosh avlod ongida tarixiy merosga ehtirom tuyg‘usini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir doirasida taniqli adabiy arboblar bilan uchrashuv milliy musiqa va she’riyat kechalari, “Qadriyatlar — millat ruhi” mavzusida davra suhbati, talaba-yoshlar ishtirokidagi ijodiy chiqishlar, milliy liboslar namoyishi va hunarmandchilik va rassomchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari milliy qadriyatlarni asrash va ularni yangi avlod qalbiga singdirish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini ta’kidlashdi. Bunday ma’rifiy tadbirlar milliy o‘zligimizni mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.