JIDU talabalari va Toshkent shahar yuqori sinf o‘quvchilarining uchrashuvida har bir inson hayotida ta’limning o‘rni muhokama qilindi

    Joriy yilning 25-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi Gulnoza Xusainova JIDUning fors tilini o‘rganayotgan talabalari bilan Toshkent shahridagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.

    Maktab o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda JIDU talabalari ta’limning har bir inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlab berishdi.

    Uchrashuv davomida JIDU vakillari Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy yo‘nalishlarini bilish bo‘yicha viktorina o‘tkazdilar, ta’lim sohasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratib, Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish” masalasini ham muhokama qildilar.

    Maktab o‘quvchilari ta’limning asosiy element ekanligini ta’kidlab, bugungi kunda bepul, teng huquqli va sifatli boshlang‘ich hamda o‘rta ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilayotganini, bu esa talab qilinadigan va samarali ta’lim natijalariga erishish imkonini berishini aytdilar. Shuningdek, elektron ta’lim asosida ta’lim sifati va qulayligini oshirishning zamonaviy usullariga e’tibor qaratildi. O‘quvchilar so‘nggi paytlarda ochiq onlayn kurslarga qiziqish sezilarli darajada oshganini, bu esa xalqaro ta’lim tarmoqlari va ochiq ta’lim platformalarining shakllanishiga olib kelganini alohida ta’kidladilar.

    Universitet o‘qituvchisi va talabalari tinglovchilarga ta’lim va bir nechta chet tillarini bilish odamlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni oshirishda muhim rol o‘ynashi va yanada tinchroq jamiyatlar shakllanishiga hissa qo‘shishi haqida so‘zlab berishdi.

    71-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchrashuv tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirishdi va JIDU talabalariga ularning tajribasidan o‘rganish imkoniyati uchun tashakkur aytishdi.