JIDUda “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar, kiberjinoyatchilik va ularga qarshi kurashning usullari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 29-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU Yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Yusupdjanovning tashabbusi “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalariga “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar, kiberjinoyatchilik va ularga qarshi kurashning usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Tadbirda mutaxassis sifatida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi inspektori Ulug‘bek Choriyev hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Axborot texnologiya sohasida jinoyatlarni oldini olish bo‘limi boshlig‘i, mayor Doniyor Tursunov ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida mutaxassislar talabalarga global muammoga aylanib borayotgan kiberjinoyatchilikning turlari, uning zamonaviy ko‘rinishlari, shuningdek, internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularning yoshlar ongiga salbiy ta‘siri haqida batafsil ma'lumot berdilar. Talabalar kiberxavfsizlikni ta'minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va kiberjinoyatlarning oldini olish usullari bilan tanishdilar.

    Talabalar virtual makonda o‘zlaring pul mablag‘larini himoyalash, ularning internet tarmog‘idagi sahifalariga virtual kiber hujum qilinganda  qanday harakat qilinishi lozimligi yuzasidan tavsiyalar olishdi.

    Mahorat darsi interaktiv savol-javob shaklida davom etdi. Ushbu tadbir yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish, ularni kiberxavfsizlik bo‘yicha ogohlikka chaqirish va kelajakda huquqiy davlat qurish jarayonida faol ishtirok etishlariga zamin yaratadi.