
JIDUda Malayziyalik professor tomonidan barqaror rivojlanish masalalari yuzasidan ma’ruza o‘tkazildi
JIDUda Malayziyalik professor tomonidan barqaror rivojlanish masalalari yuzasidan ma’ruza o‘tkazildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Malayziya ilmiy universiteti (USM) doktori Xayrul Anuar Che Azmining “Barqaror rivojlanish maqsadlari: USM misolida ko‘rishdan amalga oshirishgacha” mavzusida onlayn ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning faoliyatiga Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda Xalqaro munosabatlar fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, ta’lim dasturlari va universitet amaliyotiga BRMni joriy etishning ahamiyati haqida samarali muloqot olib bordilar va fikr almashdilar.
Ma’ruzachi Times Higher Education reytingiga ko‘ra, BRM ko‘rsatkichlari bo‘yicha Osiyoda peshqadam o‘rinni egallab turgan USMning qimmatli tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Ma’ruzada ta’lim muhitida barqaror rivojlanishni amalga oshirishga qaratilgan strategiyalar va tashabbuslar faol muhokama qilindi.