JIDU vakillari Yandex Uzbekistan dasturi bo‘yicha Moskvada malaka oshirishdi

JIDU vakillari Yandex Uzbekistan dasturi bo‘yicha Moskvada malaka oshirishdi

    JIDU vakillari Yandex Uzbekistan dasturi bo‘yicha Moskvada malaka oshirishdi

    JIDU vakillari Yandex Uzbekistan dasturi bo‘yicha Moskvada malaka oshirishdi

    Joriy yilning 21–24-aprel kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rahbariyati va bir guruh professor-o‘qituvchilari “Sun’iy intellekt texnologiyalariga kirish va zamonaviy ma’lumotlar tahlili usullari” mavzusidagi malaka oshirish kursida ishtirok etdilar. Ushbu kurs Yandex Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Yandex ko‘magida Moskva shahrida tashkil etildi.

    Mazkur kurs sun’iy intellekt sohasidagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish, shuningdek, ta’lim va boshqaruv jarayonlarida sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlilini amaliy qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan edi.

    To‘rt kunlik dastur davomida tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishdi:

    - zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari, xususan yirik til modellari arxitekturasi;

    - sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi amaliy qo‘llanilishi;

    - ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya vositalari;

    - sun’iy intellektni joriy etishda axloqiy, huquqiy va me’yoriy jihatlar;

    - raqamli texnologiyalar rivojidagi xalqaro tajriba va tendensiyalar.

    Mashg‘ulotlar Yandex va yetakchi oliy ta’lim muassasalari ekspertlari tomonidan olib borildi.

    Ushbu kurs davomida olingan bilim va amaliy tajriba O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida akademik salohiyatni mustahkamlash hamda ta’lim muhitida IT-kompetensiyalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.