“Qizlar gapirsin — dildan suhbat”: talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi va ruhiy barqarorligi muhokama qilindi

“Qizlar gapirsin — dildan suhbat”: talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi va ruhiy barqarorligi muhokama qilindi

    “Qizlar gapirsin — dildan suhbat”: talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi va ruhiy barqarorligi muhokama qilindi

    “Qizlar gapirsin — dildan suhbat”: talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi va ruhiy barqarorligi muhokama qilindi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ruhiy barqarorligi hamda yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Qizlar gapirsin — dildan suhbat” mavzusida ijtimoiy-psixologik ochiq davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida “Diplomat qizlar — barqaror ruhiyat sari, barqaror jamiyat sari” hamda “Qadriyatlar va zamonaviylik: talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi va jamiyatdagi o‘rni” mavzulari yuzasidan ochiq va samimiy muloqotlar olib borildi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi hamda jamiyat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, yosh avlod, xususan talaba-qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Mazkur davra suhbati Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi F. Ernazarova, universitet psixologi N. Norova hamda kurs koordinatori I. Narqulova hamkorligida tashkil etildi.

    Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi F. Ernazarova talaba-qizlarning qiziqish va iqtidori asosida universitetda faoliyat yuritayotgan turli klub va to‘garaklar, mahorat darslari hamda rivojlantiruvchi kurslar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, talaba-qizlar o‘rtasida startap loyihalarini rivojlantirish, yosh tadbirkor qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ham so‘z yuritildi. Bunday tashabbuslarda faol ishtirok etish yoshlarning shaxsiy rivoji, ijtimoiy faolligi hamda yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

    Kurs koordinatori I. Narqulova esa universitetda faol va tashabbuskor talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning turli loyiha va tanlovlarda erishayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritdi. Tadbirda ishtirok etgan yetakchi talaba-qizlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, muvaffaqiyatga erishish yo‘lida qat’iyat, mehnat va doimiy izlanish muhim omil ekanini ta’kidladilar.

    Davra suhbati davomida universitet psixologi N. Norova talaba-qizlarga hayotiy va kasbiy maqsadlarni aniq belgilash, ularga erishishda barqarorlik va qat’iyatni saqlash, stressni boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda shaxsiy rivojlanish strategiyalarini samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

    Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan psixologik mashg‘ulotlar va interaktiv treninglar orqali ishtirokchilar muloqot madaniyatini rivojlantirish, jamoada yuzaga keladigan muammolarni konstruktiv hal etish hamda ijtimoiy moslashuvchanlikni oshirishga xizmat qiluvchi muhim ko‘nikmalarni egalladilar.

    Tadbir samimiy va ijobiy ruhda o‘tib, talaba-qizlar uchun o‘z fikr va tashabbuslarini erkin ifoda etish, tajriba almashish hamda kelajakdagi maqsadlarini yanada aniq belgilash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi. Ushbu davra suhbati talaba-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ularning yetuk, bilimli va irodali shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qildi.