Mehmet Akif Ersoy universiteti (MAKÜ) professorining JIDUga tashrifi

Mehmet Akif Ersoy universiteti (MAKÜ) professorining JIDUga tashrifi

    Mehmet Akif Ersoy universiteti (MAKÜ) professorining JIDUga tashrifi

    Mehmet Akif Ersoy universiteti (MAKÜ) professorining JIDUga tashrifi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida imzolangan hamkorlik va talabalar almashinuvi shartnomasi doirasida Turkiyaning Burdur shahridagi Mehmet Akif Ersoy universiteti xorijiy tillar fakulteti dekani, professor Dursun Ko‘se tashrif buyurdi. Ushbu tashrif ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, tajriba va bilim almashishga xizmat qildi.

    Tashrif davomida o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, xususan, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari atroflicha muhokama etildi. Uchrashuv qatnashchilari talabalarning dunyoqarashini kengaytirish va ta’lim sifatini yuksaltirish uchun xalqaro almashinuvning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

    Professor Dursun Ko‘se JIDU talabalari va akademik litsey o‘quvchilari uchun Burdurdagi Mehmet Akif Ersoy universiteti (MAKÜ)ga tanishtiruv sayohatini o‘tkazib, ularga o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini, shuningdek talabalarning ta’lim olishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmani namoyish etdi.

    Tashrif doirasida barqaror rivojlanish yo‘nalishida seminarlar, konferensiyalar va madaniy almashinuvlar kabi qo‘shma tadbirlarni tashkil etish hamda ERASMUS+ loyihalariga birgalikda arizalar topshirish rejalari muhokama qilindi.