Huquqiy madaniyatni oshirish yo‘lida yangi tashabbuslar  — “Onlayn yuridik klinika”

Huquqiy madaniyatni oshirish yo‘lida yangi tashabbuslar — “Onlayn yuridik klinika”

    Huquqiy madaniyatni oshirish yo‘lida yangi tashabbuslar — “Onlayn yuridik klinika”

    Huquqiy madaniyatni oshirish yo‘lida yangi tashabbuslar  — “Onlayn yuridik klinika”

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinika hamda Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan Oltintepa MFY aholisi uchun huquqiy maslahatlar berish, aholining yuridik madaniyatini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy savodxonlikni yuksaltirish maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi tashabbuskor guruh tashkil etildi.

    Shuningdek, amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — Yuridik klinika faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida kengaytirish, xususan, masofaviy shaklda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali “Onlayn yuridik klinika” faoliyatini joriy etishdan iboratdir. Ushbu yo‘nalishda Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari klinika volontyorlariga metodik va amaliy jihatdan yaqindan ko‘maklashmoqda.

    Ushbu tashabbuslar fuqarolarning adolatga bo‘lgan erkin kirishini ta’minlash, huquqiy himoyani kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu faoliyat yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu orqali yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va ularni ongli, mas’uliyatli fuqarolar sifatida shakllantirishga ko‘mak beriladi.

    Mazkur faoliyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilgari surilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, yoshlarga oid siyosat, adolat va samarali institutlarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlar bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilmoqda.