JIDU talabalari tomonidan “Voyaga yetmagan qizlarning huquqlari – zo‘ravonlik va kamsitilishdan himoya qilish” mavzusida trening tashkil etildi

    Joriy yilning 16-may kuni Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti huzuridagi Yuridik klinika qoshida tashkil etilgan “Qaldirģ‘och” loyihasi doirasida voyaga yetmagan qiz bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir doirasida Xalqaro huquq fakulteti 1, 2 va 3-bosqich talabalari Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 77-sonli maktab-internatga tashrif buyurishdi. 

    U yerda talabalar “Voyaga yetmagan qizlarning huquqlari – zo‘ravonlik va kamsitilishdan himoya qilish” mavzusida trening o‘tkazishdi. Mazkur treningda ishtirokchilarga quyidagi masalalar haqida tushuntirishlar berildi: 

    - Voyaga yetmaganlarning shaxsiy daxlsizligi; 

    - O‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi;

    - Ta’lim olishdagi teng imkoniyatlar;

    - Erta nikohning salbiy oqibatlari; 

    - Kamsitish va zo‘ravonlik holatlariga murojaat qilish tartiblari. 

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-martdagi PQ-103-sonli qarori mazmuni asosida voyaga yetmagan qizlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati haqida ham ma’lumot berildi. 

    Tadbir davomida talabalar tomonidan rolli o‘yinlar, hayotiy vaziyatlar bo‘yicha muhokamalar va interaktiv savol-javoblar tashkil etilib, maktab o‘quvchilarining treningga faol ishtiroki ta’minlandi.