JIDUga Filippinning O‘zbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

JIDUga Filippinning O‘zbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

    JIDUga Filippinning O‘zbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

    JIDUga Filippinning O‘zbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

    Joriy yilning 25-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Filippin Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Roberto Manol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida JIDU Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov rahbarligidagi universitet rahbariyati elchiga universitetning taqdimotini namoyish etdi.

    Yuqori martabali diplomat Filippin oliy ta’lim muassasalari va JIDU o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish istagini bildirdi. U Filippinda diplomatlarni tayyorlash instituti faoliyat yuritayotganini, unda maxsus kurslar mavjudligini, biroq bakalavriat va magistratura dasturlari yo‘qligini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan elchi talabalar almashinuvi dasturlari va treninglar tashkil etish, shuningdek, o‘zbek diplomatlarini ma’ruzalar tinglash uchun Filippinga yuborish tashabbusini ilgari surdi.

    Bundan tashqari, Filippin tomoni dengiz huquqi sohasidagi mutaxassislarni taqdim etishga tayyorligini bildirdi. Janob Manolo Filippinning geografik joylashuvi tufayli mazkur sohada yuqori malakali mutaxassislarga ega ekanligini ta’kidlab, O‘zbekistonni bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlashda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini izhor etdi.

    Shuningdek, Filippin tomoni JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti bilan ASEAN ilmiy maqolalari va tadqiqotlarini o‘rtoqlashish niyatini bildirdi hamda ularning iqtisodiy rivojlanish tajribasi o‘zbekistonlik olimlar uchun foydali bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.

    Uchrashuv yakunida JIDU huzuridagi Diplomatiya akademiyasi va Filippin Respublikasining The Foreign Service Institute o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.