JIDU rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

JIDU rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

    JIDU rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

    JIDU rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

    2025-yil 28-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

    Tadbir doirasida rahbariyat vakillari talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning yashash sharoitlari, ta'lim jarayonidagi ishtiroki va umumiy holati bilan yaqindan tanishdilar.

    Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarining dolzarb muammolari, fikr-mulohazalari va takliflarini erkin ifoda etishdi. Universitet rahbariyati esa bildirilgan har bir savol va taklifni diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarni imkon qadar tez fursatda bartaraf etish hamda talabalarning yashash va o‘qish sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni aytib o‘tishdi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan universitet rahbariyati va tengdoshlarini xursand qildilar. Ijro etilgan badiiy namoyishlar tadbirga qo‘shimcha iliqlik olib keldi.