
Tarix, madaniyat va kashfiyotlar orqali dunyo bo‘ylab global sayohat
Tarix, madaniyat va kashfiyotlar orqali dunyo bo‘ylab global sayohat

2026-yil 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida birinchi bosqich talabalari o‘rtasida “Global sayohat: tarix, madaniyat va kashfiyotlar orqali dunyo bo‘ylab” nomli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yaponiya, Fransiya, Xitoy, Angliya, Albaniya, Italiya, Turkiya, Braziliya va Ispaniya kabi davlatlarni namoyish etgan to‘qqizta talabalar jamoasi ishtirok etdi. Ishtirokchilar ijodiy va qiziqarli taqdimotlar orqali o‘zlari tanlagan mamlakatlarning tarixi, madaniy merosi, urf-odatlari va o‘ziga xos jihatlarini namoyish etdilar.
Tanlov talabalarga o‘z ijodkorligi, omma oldida nutq so‘zlash mahorati va madaniyatlararo bilimlarini namoyon etish, shuningdek, o’zaro tajriba orttirish, jamoaviy ishlash va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi. Taqdimotlar talabalar va professor-o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, universitet hayotida unutilmas taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida tanlov g‘oliblari e’lon qilindi:
1-o‘rin — Yaponiya
2-o‘rin — Xitoy
3-o‘rin — Braziliya
Qolgan jamoalar ham ijodkorligi va yorqin chiqishlari uchun turli maxsus nominatsiyalar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir madaniy xilma-xillik, madaniyatlararo muloqot va xalqaro hamjihatlikning ahamiyatini yana bir bor namoyon etib, talabalarni dunyoni kashf etish va yangi bilimlarni egallash yo‘lida birlashtirdi.
| Sana: | 22.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 88 |
| Ulashish: |




