TTJda dildan suhbat: Bayram ta’tilida psixologik trening tashkil etildi

TTJda dildan suhbat: Bayram ta’tilida psixologik trening tashkil etildi

    TTJda dildan suhbat: Bayram ta’tilida psixologik trening tashkil etildi

    TTJda dildan suhbat: Bayram ta’tilida psixologik trening tashkil etildi

    Joriy yilning 30-may kuni JIDU Talabalar turar joyida universitet psixologi N. Norova tomonidan talabalar uchun “Sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish va dildan suhbat” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

    Qurbon hayiti bayrami ta’tili kunlarida o‘tkazilgan mazkur tadbir talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, ularda ijobiy kayfiyatni shakllantirish hamda o‘quv yilining yakuniy bosqichidagi ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirishga qaratildi.
    Trening davomida talabalarga stressni boshqarish, hissiy holatlarni nazorat qilish, ruhiy barqarorlikni saqlash hamda kundalik hayotda uchraydigan turli psixologik vaziyatlarga to‘g‘ri yondashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, bayram ta’tili davrida oila a’zolari, ota-onalar va yaqinlar bilan samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, emotsional intellektni rivojlantirish hamda sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Seminar-trening interaktiv usullar asosida tashkil etilib, unda turli psixologik mashqlar, amaliy topshiriqlar, guruhiy muhokamalar va savol-javoblar o‘tkazildi. Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirish, ichki kechinmalarini tahlil qilish hamda ruhiy xotirjamlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi foydali tavsiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning ma’naviy-psixologik salomatligini mustahkamlash, ijobiy dunyoqarashni shakllantirish hamda bayram ta’tili kunlarini mazmunli va samarali o‘tkazish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.