JIDUda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 18-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxovning professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rossiya diplomatik missiyasi rahbari “O‘zbekiston va Rossiyaning zamonaviy dunyodagi strategik sherikligi” mavzusida ma’ruza qildi.

    Uchrashuvni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev ochib berdi. U universitetda ekspertlar muloqotining ahamiyatini alohida ta’kidlab, ikki tomonlama munosabatlar dinamikasini chuqur anglash bo‘lajak xalqaro munosabatlar mutaxassislarini tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

    Aleksey Yerxov ma’ruza davomida uchta asosiy mavzuga to‘xtalib o‘tdi:

    ikki mamlakatning siyosiy hamkorligi;

    iqtisodiyot va energetika sohalaridagi qo‘shma loyihalar;

    ta’lim sohasidagi hamkorlik.

    Ma’ruzadan so‘ng savol-javoblar sessiyasi bo‘lib o‘tdi. JIDU talabalari Rossiyaning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik masalalariga oid pozitsiyasi, transport yo‘laklarini rivojlantirish istiqbollari hamda xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda yoshlar diplomatiyasining o‘rni bilan qiziqdilar.

    Aleksey Yerxov savollarga javob berar ekan, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlar Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida qo‘shma seminarlar va ma’ruzalar o‘tkazishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.