Toza energiya — barqaror kelajak sari qadam: JIDU talabalarining SDG 7 doirasidagi tashabbusi

Toza energiya — barqaror kelajak sari qadam: JIDU talabalarining SDG 7 doirasidagi tashabbusi

    Toza energiya — barqaror kelajak sari qadam: JIDU talabalarining SDG 7 doirasidagi tashabbusi

    Toza energiya — barqaror kelajak sari qadam: JIDU talabalarining SDG 7 doirasidagi tashabbusi

    2026-yil 2–16-noyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetining 2-bosqich talabalari XIM seksiyasi ingliz tili o‘qituvchilari  N.B. Tashpulatova, R. A. Arslonbekova, D. I. Allabeganova, X. A. Axmadjanov, M.X. Batirova, F. Sh. Zaripova hamda Z. N. Akmalova rahbarligida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari — SDG 7 (“Arzon va toza energiya”) doirasida energiya tejashga bag‘ishlangan amaliy chellenj va ma’rifiy aksiya o‘tkazdilar. Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik va energetik savodxonligini oshirish hamda resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish dasturi doirasida tashkil etildi.

    Aksiya davomida bo‘lajak xalqaro iqtisodchi va diplomatlar energiya samaradorligini oshirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini kundalik hayotda qo‘llash borasida faol ishtirok etdilar. Tadbir dasturi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:

    Energiya tejamkorligi va amaliy nazorat. Ikkinchi kurs talabalari o‘quv auditoriyalari va yashash joylarida elektr energiyasidan oqilona foydalanish, ortiqcha yoritish hamda maishiy texnikalarni o‘z vaqtida o‘chirish orqali energiya isrofgarchiligini kamaytirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

    Qayta tiklanuvchi energiya va “yashil” o‘tish. Talabalar energetika xavfsizligi, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish hamda zamonaviy xalqaro munosabatlar va jahon iqtisodiyotida SDG 7 maqsadlarining strategik ahamiyati yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

    Jamoaviy tashabbuskorlik va mas’uliyat. Ikki hafta davomida o‘tkazilgan jamoaviy loyiha va video-roliklar tanlovi talabalarda birdamlik ruhini mustahkamlab, tabiiy resurslar va energiyani asrash har bir fuqaroning burchi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

    XIM seksiyasi ingliz tili o‘qituvchilarining ishtiroki tadbirga qo‘shimcha amaliy ahamiyat bag‘ishladi. Aksiya davomida talabalar energiya samaradorligi, “yashil” energetika va barqaror taraqqiyotga oid xalqaro atamalarni ingliz tilida muhokama qilib, kasbiy til ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.