JIDUda Nigeriya amaliyotchi huquqshunosi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda Nigeriya amaliyotchi huquqshunosi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda Nigeriya amaliyotchi huquqshunosi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda Nigeriya amaliyotchi huquqshunosi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 5-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Magistratura bosqichi “Xalqaro arbitraj va Nizolarni hal etish” yo‘nalishi talabalariga Nigeriyalik huquqshunos, venger kompaniyasining huquqiy savdo konsultanti Sopuruchukwu Elizabeth Anih tomonidan “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Alisher Bobonazarov Bolmuhammad o‘g‘li tashabbusi bilan “Xorijiy davlatlar fuqarolik va savdo huquqi” fani doirasida “Nigeriya savdo va fuqarolik huquqiy tiziminign o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Dars davomida talabalarga Nigeriya huquqiy tiziminign o‘ziga xosliklari, huquqiy tizimlari va turli huquq manbaalari va turli huquqiy oilalarga mavjud huquq elementlarining qanday amalda uyg‘unlashganligi, mavjud kolliziyalar va ularning sababalari masalalari tahlil etildi.

    Elizabet Nigeriya qonunchiligida Anglo-sakson, Romano-german va Shariya huquqiy tizimlarining barchasi mavjud ekanligi va ular yagona va asosiy bo’gan konstitutsiya ostida birlashganligini va uyg’unlashtirilganligini, bundan tashqari qonunchilik manbaalri qadriyatlarga qarab shtatlar bo’yicha ham farq qilishi mumkinligini aytib o’tdi.

    Ushbu tadbir talabalarga “Xorijiy davlatlar fuqarolik va savdo huquqi” doirasida tajribali huquqshunos tomonidan xususiy bilimlarni olishida, yangi bilimlarni taqqoslash orqali tahliliy qobiliyatlarining kuchayishiga va Afrika davlatlariga oid o’zlari qiziqqan savollarga javob topishiga xizmat qildi.