JIDUda talaba qizlar ishtirokida “Qizlar gapirsin — dildan suhbat” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi

JIDUda talaba qizlar ishtirokida “Qizlar gapirsin — dildan suhbat” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi

    JIDUda talaba qizlar ishtirokida “Qizlar gapirsin — dildan suhbat” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi

    JIDUda talaba qizlar ishtirokida “Qizlar gapirsin — dildan suhbat” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi

    2026-yil 28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti psixologi N. Norova hamda Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi hamkorligida Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar ishtirokida “Qizlar gapirsin — dildan suhbat” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.

    Mazkur tadbir talaba qizlarning ijtimoiy-psixologik holatini yaxshilash, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Talabalar turar joyida sog‘lom, ijobiy va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

    Davra suhbati davomida universitet psixologi N. Norova tomonidan talaba qizlarga hayotiy va kasbiy maqsadlarni aniq belgilash, ularga erishishda qat’iyat va barqarorlikni saqlash, stressni boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda tanlangan kasb yo‘nalishida yuqori natijalarga erishish usullari yuzasidan atroflicha tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

    Tadbir jarayonida o‘tkazilgan psixologik mashg‘ulotlar va interaktiv treninglar orqali ishtirokchilar o‘zaro muloqot madaniyatini rivojlantirish, jamoada muammolarni konstruktiv hal etish, ijtimoiy moslashuvchanlikni oshirish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

    Shuningdek, Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi F. Ernazarova talaba qizlarning iqtidori va qiziqishlari asosida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritayotgan klub va to‘garaklar, mahorat darslari hamda rivojlantiruvchi kurslar haqida batafsil ma’lumot berib, ularda faol ishtirok etishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

    Davra suhbati davomida talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan asosli javoblar, tavsiyalar hamda amaliy yo‘naltiruvchi maslahatlar taqdim etildi.

    Mazkur ochiq davra suhbati samimiy, ochiq va konstruktiv ruhda, yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.