Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

    Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

    Siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganish doirasida amaliy tashrif tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining birinchi bosqich talabalari uchun universitetning “Siyosatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga tanishuv tashrifi tashkil etildi.

    Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning siyosatshunoslik fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlar, siyosiy partiyalar faoliyati hamda demokratik institutlarning jamiyat hayotidagi o‘rni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

    Uchrashuv davomida talabalarga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining tashkil topish tarixi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, dasturiy maqsad va vazifalari, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtiroki hamda amalga oshirilayotgan tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, partiyaning jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

    Muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni, siyosiy jarayonlarda yoshlarning ishtiroki va fuqarolik faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

    Mazkur tashrif nafaqat talabalarning nazariy bilimlarini amaliy misollar bilan boyitish, balki ularning siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash va siyosiy institutlar faoliyatini chuqurroq anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

    Shuningdek, uchrashuv yakunida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘rtasida kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, talabalar uchun amaliy uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.