JIDU va Tokio universiteti “Central Eurasia Initiative” qo‘shma tashabbusini yo‘lga qo‘ymoqda

JIDU va Tokio universiteti “Central Eurasia Initiative” qo‘shma tashabbusini yo‘lga qo‘ymoqda

    JIDU va Tokio universiteti “Central Eurasia Initiative” qo‘shma tashabbusini yo‘lga qo‘ymoqda

    JIDU va Tokio universiteti “Central Eurasia Initiative” qo‘shma tashabbusini yo‘lga qo‘ymoqda

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Tokio universitetining Ilg‘or Osiyo tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda yangi akademik platforma – UWED–UTokyo Global Asian Studies “Central Eurasia Initiative”ni ishga tushirmoqda.

    Ushbu tashabbus “Global Asian Studies” (GAS) dasturi doirasida O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasida barqaror intellektual muloqotni rivojlantirishga qaratilgan. U Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikning ortib borayotgan sur’atini, shuningdek, ilmiy, ekspertlik va ta’lim aloqalarini mustahkamlashda akademik muassasalarning alohida o‘rnini aks ettiradi.

    Tashabbus muvofiqlashtiruvchilari JIDUning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Sukuba universiteti professori Timur Dadaboyev hamda Tokio universitetining Ilg‘or Osiyo tadqiqotlari instituti maxsus tayinlangan professori Shigeto Sonodadir.

    Tashabbus doirasida Markaziy Osiyo va Yaponiyani bog‘lovchi dolzarb masalalar yuzasidan muntazam ilmiy munozaralar, ekspertlar uchrashuvlari va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatoriga xalqaro siyosat, mintaqaviy o‘zaro hamkorlik, infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiy yo‘laklar, resurslarni boshqarish, energetik o‘tish, migratsiya, sun’iy intellekt, texnologiyalar, intellektual mulk, shuningdek, o‘zlikni anglash va ijtimoiy o‘zgarishlar masalalari kiradi.

    Markaziy Yevroosiyoni o‘rganishga fanlararo yondashuvni rivojlantirish, akademik almashinuvlarni mustahkamlash hamda O‘zbekiston va Yaponiyaning yetakchi ilmiy markazlari o‘rtasida uzoq muddatli tadqiqot maydonini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. “Central Eurasia Initiative”ning yo‘lga qo‘yilishi Markaziy Osiyo va Yaponiya tadqiqotchilari o‘rtasidagi ko‘p yillik akademik hamkorlikning davomi bo‘ladi.

    Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi JIDU va Tokio universiteti o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot hamkorligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi ekspertlar muloqotini kengaytirishga ham hissa qo‘shadi.