JIDU o‘qituvchilari Toshkent shahri maktab o‘quvchilari uchun ekologiya bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdilar

    2026-yil 28-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchilari Toshkent shahridagi 24-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘chma dars tashkil etdilar. Mahorat darsi shaklidagi ushbu tadbir “BRM 13: Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash” mavzusiga bag‘ishlandi.

    Uchrashuvning tashabbuskori va faol ishtirokchisi kafedra mudiri, arab tili o‘qituvchisi Azimova Nigora Sabitovna bo‘ldi.

    9-sinf o‘quvchilari uchun interaktiv ma’ruza tayyorlandi. Unda atmosferaning ifloslanishi va chiqindilarni to‘g‘ri saralash kabi dolzarb ekologik muammolar muhokama qilindi. Ishtirokchilar jahonning boshqa mamlakatlarida chiqindilarni to‘g‘ri saralash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Tadbir yakunida viktorina o‘tkazildi va uning yordamida o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlab oldilar.