JIDUda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

JIDUda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

    JIDUda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

    JIDUda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi (XIFA) prezidenti janob Gao Syan boshchiligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

    Mazkur tashrif bugungi kunda har tomonlama strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarilgan O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari rivojlanishida muhim voqea bo‘ldi. Uchrashuv davomida tomonlar akademik diplomatiyaning davlatlararo muloqotning mustahkam intellektual asosi sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

    Tashrifning asosiy natijasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumining imzolanishi bo‘ldi. Mazkur hujjat xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va zamonaviy Xitoyni o‘rganish sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni olib borish, akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, tahliliy nashrlar tayyorlash hamda ta’lim dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan.

    Tashrifning asosiy maqsadi JIDUda Si Szinpin asarlari va zamonaviy Xitoy markazining ochilishi bo‘ldi. Bu markaz Xitoyning rivojlanish modeli, davlat boshqaruvi, modernizatsiyasi va xalqaro tashabbuslarini o‘rganish uchun ko‘p qirrali ilmiy platformaga aylanadi. Markaz o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari va ekspertlar muhokamalari uchun faol qo‘llaniladi.

    Tashrif doirasida JIDUning raqamli ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishda Xitoy tomonining sezilarli yordami ham ta’kidlab o‘tildi. Universitetga 110 ta zamonaviy kompyuter, server uskunalari va texnik vositalar topshirildi. Bu esa raqamli ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

    Professor Yan Kaychjunning “Xitoy modernizatsiyasi mo‘jizasining mantiqiy asoslari” mavzusidagi ma’ruzasi universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarida katta qiziqish uyg‘otgani bois, unga alohida e’tibor qaratildi.

    Tomonlar JIDU va Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddatli va amaliy yo‘nalishga ega bo‘lishiga, ilmiy muloqotni yanada chuqurlashtirishga hamda xalqaro munosabatlar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.