JIDU talabalari “Green and Clean Tashkent” tashabbusi doirasida daraxt ekish aksiyasini tashkil etdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi — SDG WEEK 2026” doirasida talabalar Behruz Baxronov va Fozil Soliyev tashabbusi bilan “Green and Clean Tashkent: Kelajagimiz uchun yashil qadam!” nomli ekologik aksiya tashkil etildi.

    Mazkur tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 15-maqsad — “Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash” tamoyillariga muvofiq amalga oshirilib, Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish, shahar ekologik muhitini yaxshilash hamda yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.

    Aksiya davomida ishtirokchilar Toshkent shahrining turli hududlarida, shuningdek Universitet hududida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida faol qatnashdilar. Ushbu amaliy faoliyat orqali talabalar shahar yashil hududlarini kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

    Tadbir doirasida daraxt ekish va yashil hududlarni ko‘paytirishning shahar ekologik muhitini yaxshilash, havo sifatini saqlash hamda aholining yashash sharoitlarini yanada qulaylashtirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

    “Green and Clean Tashkent” tashabbusi talaba-yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy loyihalarga jalb etish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini hayotga tatbiq etishda yoshlarning faol ishtirokini kengaytirishga xizmat qildi.