JIDUda tillarni o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

JIDUda tillarni o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

    JIDUda tillarni o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

    JIDUda tillarni o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

    Joriy yilning 28-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim sifatini oshirish maqsadida chet tillarini o‘qitishda interaktiv usullardan foydalanish” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

    Unda “Roman-german tillari” kafedrasi vakillari hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili o‘qituvchisi K.K. Istamova ishtirok etdi.

    O‘quv-uslubiy seminar doirasida chet tillarini o‘qitishning interaktiv usullari taklif etildi va muhokama qilindi.

    Og‘zaki va yozma nutq, o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish va kengaytirish usullari alohida qiziqish uyg‘otdi. Seminar davomida yakka tartibda, juft-juft bo‘lib, uch kishilik va guruh bo‘lib ishlash masalalariga e’tibor qaratildi; “aqliy hujum” yoki “Brainstorming”, shuningdek, o‘quv munozaralari (davra suhbati), bahslar, ijodiy topshiriqlar va klasterlarni tashkil etish usullari ko‘rib chiqildi.

    Ushbu usullar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga yordam beradi va BMT tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan “Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish” kabi maqsadlarga erishish va ularni amalga oshirishdagi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan kompleks tayyorgarlik bilan birgalikda qo‘llanilganda yanada samaraliroq bo‘ladi.

    Seminar ishtirokchilari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiyot va madaniyatni o‘rganish bo‘yicha fikr hamda tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.