JIDU jamoasi Second Runner-Up Team sifatida e’tirof etildi

JIDU jamoasi Second Runner-Up Team sifatida e’tirof etildi

    JIDU jamoasi Second Runner-Up Team sifatida e’tirof etildi

    JIDU jamoasi Second Runner-Up Team sifatida e’tirof etildi

    Joriy yilning 6–8-fevral kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition – 2026” xalqaro tanlovining milliy raundlari bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur nufuzli musobaqada JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari Sevara Sadikova, Sevinch Ismoilova, Ubaydullo Imomov va Feruzaxon Shodmonxonovalardan iborat “UWED Jessup” jamoasi munosib ishtirok etib, Second Runner-Up Team sifatida e’tirof etildi.

    Jamoaga Surayyo Usmanova, “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori v.b. va Abdumutalimova Kumushxon, Kosta Legal advokatlik firmasi huquqshunosi murabbiylik qildi.

    Milliy raundlar doirasida JIDU jamoasi TDYU, Westminster xalqaro universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Qoraqalpog‘iston davlat universiteti jamoalari bilan bellashib, spikerlar yuqori baholarga sazovor bo‘lishdi.

    Ma’lumot uchun, Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition xalqaro huquq sohasidagi eng yirik va nufuzli tanlov bo‘lib, unda 100 ga yaqin mamlakatdan 700 dan ortiq universitet jamoalari ishtirok etadi.