
JIDU professori Shvetsiyaning Lund universitetida malaka oshirdi
JIDU professori Shvetsiyaning Lund universitetida malaka oshirdi

2026-yilning 14-apreldan 15-mayga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori N.A.Nugmanov Shvetsiyaning Lund universiteti va Praganing Menejment va texnologiya universitetida “Raqamli texnologiya va sun’iy intellektning oliy ta’limda qo‘llanishi” mavzusi doirasida malaka oshirdi.
144-akademik soatga mo‘ljallangan ushbu malaka oshirish kursi davomida sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, kurs dizayni bo‘yicha sessiyalar (LMS Canvas, Moodle) tashkil etildi, shuningdek, Oslo, Tampere, Orxus va Xelsinki universitetlari mutaxassislari bilan seminarlar va panel muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Kurs yakunida Professor N.A.Nugmanov malaka oshirilganligi bo‘yicha xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.




