
JIDUda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun ingliz tili mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda
JIDUda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun ingliz tili mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda

2026–2027-o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Ingliz tili kafedrasi hamda “Yangi Avayxon”, “Bo‘z”, “Olmachi” va “Yangi Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun ingliz tili mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar universitetda JIDU ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Darslar davomida o‘quvchilarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish va xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu tashabbus yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda universitet va mahallalar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




