
JIDUda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi mavzusiga oid mahorat darsi o‘tkazildi
JIDUda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi mavzusiga oid mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 31-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir talabalarning nazariy bilimlarini real huquqiy keyslar bilan boyitish, sohadagi zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish maqsadida “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi mudiri Sherzodbek Masadikov va kafedra professori Nargiza Raimova tomonidan tashkil etildi.
Mahorat darsida Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi yuriskonsulti Xolxo`jayev Azizxon Avaz o`g`li hamda “Mirzo Ulug`bek Advokatlari Hayati” Advokatlik tuzilmasida advokat yordamchilari bo`lib faoliyat yuritayotgan Aymuratov Amirbek Allambergen Ulí va Amanbayev Iqlasbay Baxtibay Uli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda, “Xalqaro huquq” fakultetining 2-kurs talabalari faol qatnashib, sohadagi nozik huquqiy jihatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Mahorat darsi davomida mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining o`ziga hos shartnomalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi. Xususan, shartnoma subyektlari sifatida kimlar qatnashishi, shartnomaning obyektlari bo`lib qanday moddiy qiymatga ega bo`lgan ashyolar va mulklar haqida tushuntirish berib o`tildi. Ko`chmas mol-mulk ishonchli boshqaruvga berilganda qanday tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tartibi batafsil tushuntirildi.
Suhbatda davlat mol-mukini ishonchli boshqarish shartnomasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga davlat mol-mukini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish shartlari, tartibi va elektron-onlayn auksion jarayonlarini haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, hujjatlarni tayyorlash, real tuzilgan shartnomalardan namunalar ko`rsatib o`tildi.
Suhbat davomida O‘zbekistonda mol-mukni ishonchli boshqarish shartnomasining rivojlanish tendensiyai, kadastr organlarining bu boradagi o‘rni haqida so`z yuritildi. Ta’kidlanganidek, innovatsion rivojlanish va biznes muhiti kuchayib borayotgan bugungi sharoitda huquqiy muhofaza qilish, tadbirkorlik faolligi va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Mazkur mahorat darsi Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 16-maqsad – “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” bilan hamohangdir. Tadbir yakunida talabalar mol-mukni ishonchli boshqarish shartnomasiga katta qiziqish bildirgan holda, mavzu yuzasidan o‘z savollari va fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Ilmiy-amaliy muloqot davomida mol-mukni ishonchli boshqarish shartnomasining nazariy asoslari bilan bir qatorda, uni zamonaviy yuridik amaliyotda qo‘llashga oid dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
| Sana: | 31.03.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 113 |
| Ulashish: |



