
Ekologik loyiha: Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) asosida tayyorlangan poster taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Ekologik loyiha: Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) asosida tayyorlangan poster taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) o‘qituvchi L. A. Abdullayeva rahbarligida birinchi bosqich talabalari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) bag‘ishlangan ingliz tili mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mustaqil ish doirasida talabalar BRM 3 (Sog‘liq va farovonlik), BRM 4 (Sifatli ta’lim), BRM 7 (Arzon va toza energiya), BRM 11 (Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari), BRM 13 (Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish), BRM 14 (Suv ostidagi hayot) va BRM 15 (Quruqlikdagi hayot) mavzularida loyihalar tayyorlab, topshirdilar.
Talabalar dolzarb ekologik muammolarni o‘rganib, ularning jamiyat va atrof-muhitga ta’sirini tahlil qildilar, tegishli Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liqligini aniqladilar hamda ushbu muammolar belgilangan maqsadlarga erishishga qanday to‘sqinlik qilishi mumkinligini tushuntirdilar.
Mazkur topshiriq talabalarning tadqiqot olib borish, tanqidiy fikrlash hamda dolzarb global masalalarni ingliz tilida muhokama qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.




