Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida va talabalarning tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida joriy yil 25-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mahorat darsi o‘tkazildi.

    Darsda “Capstone and Legal Partners” xalqaro advokatlik firmasi advokati, “DE LI SIN” MCHJ bosh yuristi Og`abek Nodirbek o`g`li Tohirxonov, shuningdek, Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlarikafedrasi o‘qituvchisi Shohrux Umirzoqov hamda Xalqaro huquq” fakultetining 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.

    Advokat Og`abek Tohirxonov hozirgi paytda yuritimizda tadbirkorlik faoliyati uchun berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlardan foydalanishning huquqiy asoslari va uning amaldagi natijasi bilan tanishtirib, tadbirkorlik faoliyatida huquqning rivojlanish istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

    Talabalar muhokama qilingan mavzularga katta qiziqish bildirib, tadbirkorlik jarayonida yuridik shaxslarni tashkil etish, ro`yxatdan o`tkazish, tugatish, qayta tashkil etish kabi o`ziga hos jihatlari bo‘yicha turli savollar berib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar.

    Ushbu mahorat darsi Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi – “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish”, xususan, 16.3 band – “Qonun ustuvorligiga koʻmaklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash” va 16.7 band – “Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish”  tamoyillariga mos keladi.

    Mazkur mahorat darsi talabalarning tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirishga, talabalarning zamonaviy huquqiy amaliyotlarga tayyorlashga va ularni barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynashga yordam beradi.