JIDU talabalari xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun xorijga jo‘nab ketishdi

JIDU talabalari xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun xorijga jo‘nab ketishdi

    JIDU talabalari xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun xorijga jo‘nab ketishdi

    JIDU talabalari xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun xorijga jo‘nab ketishdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirish va talabalariga yangi imkoniyatlar yaratishni davom ettirmoqda. Ta’limni xalqarolashtirish tashabbusi doirasida joriy o‘quv yilida JIDUning tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh talabalari bir semestr davomida xalqaro akademik almashinuv dasturlarida (Student Exchange Program) ishtirok etish uchun xorijga yo‘l oldi.

    Talabalarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olishni boshlab, Yaponiya, AQSH, Italiya va Rossiya kabi mamlakatlarda O‘zbekiston va universitetimiz nomini munosib tarzda tanitmoqda. Tsukuba universiteti, Xitotsubasi universiteti, Tokio chet tillar universiteti, Bolonya universiteti, Missuri universiteti, Oliy iqtisodiyot maktabi (Rossiya) va boshqa yetakchi ta’lim muassasalari ularni o‘z bag‘riga oldi.

    Xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashish talabalarga nafaqat chet elda o‘qishni davom ettirish imkoniyatini beradi, balki ular uchun noyob istiqbollarni ochadi: yangi ta’lim tizimlari bilan tanishish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etish, akademik va kasbiy malakalarini oshirish, shuningdek, qabul qiluvchi mamlakatlarning madaniy xilma-xilligiga chuqur kirib borish. Bunday tajriba dunyoqarashni kengaytirish, global tafakkurni shakllantirish va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Ishonchimiz komilki, JIDU talabalari hayotidagi ushbu muhim bosqich ularning shaxsiy va kasbiy o‘sishi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Olingan bilim, ko‘nikma va taassurotlar ularning kelajakda xalqaro hamkorlikka ochiq, yuqori malakali mutaxassis sifatidagi faoliyatida qimmatli manba bo‘lishi shubhasiz.

    Talabalarimizga muvaffaqiyatli ta’lim olishlarini, yorqin taassurotlarga ega bo‘lishlarini va hamkor universitetlarda samarali faoliyat olib borishlarini tilab qolamiz!