JIDU talabalari “Eco Clean Day” ekologik aksiyasida ishtirok etdilar

JIDU talabalari “Eco Clean Day” ekologik aksiyasida ishtirok etdilar

    JIDU talabalari “Eco Clean Day” ekologik aksiyasida ishtirok etdilar

    JIDU talabalari “Eco Clean Day” ekologik aksiyasida ishtirok etdilar

    2026-yil 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlar tozaligini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan “Eco Clean Day” ekologik aksiyasida ishtirok etdilar.

    Mazkur aksiya JIDU Xalqaro munosabatlar kafedrasi professor-ustozlari, XM fakulteti talabalari hamda Akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog'i bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Aksiya davomida talabalar hududlarni chiqindilardan tozalash, yig‘ilgan chiqindilarni alohida saralash va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar. Mazkur tadbir yoshlarning atrof-muhit holatiga befarq bo‘lmasligi, jamoat joylari tozaligiga mas’uliyat bilan yondashishi hamda ekologik bilimlarini amaliy faoliyat orqali mustahkamlashiga qaratildi.

    Tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 11-maqsad — “Barqaror shaharlar va aholi punktlari”, 12-maqsad — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish” hamda 15-maqsad — “Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash” yo‘nalishlariga hamohang ravishda amalga oshirildi.

    “Eco Clean Day” aksiyasi talaba-yoshlarning ekologik tashabbuslarda faol ishtirokini rag‘batlantirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini kundalik hayotga tatbiq etishga xizmat qildi.