Talabalar farovonligi va inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyat

Talabalar farovonligi va inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyat

    Talabalar farovonligi va inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyat

    Talabalar farovonligi va inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyat

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida talabalarning psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va interaktiv psixologik treninglar muntazam amalga oshirilmoqda.

    Mazkur faoliyat universitet psixologi N. Norova, Yoshlar salohiyatini rivojlantirish ofisi bosh mutaxassisi M. Xodjaeva, UWED FORCE jamoasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.

    Talabalar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

    -             Psixologik farovonlik: hissiy barqarorlik, o‘zini anglash, stressni boshqarish va sog‘lom psixologik munosabatlarni rivojlantirish.

    -             Inklyuziv tafakkur: stereotiplardan xoli fikrlash, empatiya, bag‘rikenglik va har bir insonning qadr-qimmatini hurmat qilish.

    -             Ijtimoiy faollik: jamoaviy hamkorlik, o‘zaro ishonch, mas’uliyat va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash.

    -             Shaxsiy rivojlanish: tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarga maqbul yechim topish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish.

    -             Mazmunli bo‘sh vaqt: interaktiv psixologik mashqlar, intellektual tanlovlar va jamoaviy faoliyat orqali talabalarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash.

    Mashg‘ulotlar davomida «Stereotipmi yoki haqiqat?», «Bir vaziyat — birgalikdagi yechim» hamda jamoaviy hamkorlikka yo‘naltirilgan interaktiv topshiriqlardan foydalanilmoqda. Faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar bilan rag‘batlantirilmoqda.

    Universitetda amalga oshirilayotgan mazkur faoliyat BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish kun tartibidagi quyidagi maqsadlar bilan bevosita uyg‘unlashadi:

    — Sog‘lom turmush va farovonlik. Talabalarning ruhiy salomatligi, psixologik barqarorligi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash.

    — Sifatli ta’lim. Inklyuziv va teng imkoniyatlarga asoslangan ta’lim muhitini rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional hamda shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash.

     — Tengsizlikni qisqartirish. Kamsitish va stereotiplarning oldini olish, barcha talabalar uchun teng imkoniyatlar va o‘zaro hurmat tamoyillarini qaror toptirish.

    — Tinchlik, adolat va samarali institutlar. O‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, xavfsiz muloqot va kamsitishdan xoli munosabatlar madaniyatini rivojlantirish.

    Ushbu tizimli faoliyat orqali talabalar o‘rtasida sog‘lom muloqot madaniyatini mustahkamlash, o‘zaro ishonch va hamjihatlikni rivojlantirish, inklyuziv dunyoqarashni shakllantirish hamda har bir talabaning universitet hayotidagi ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

    Universitetda do‘stona, ochiq va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni shakllantirishga qaratilgan hamkorlikdagi uchrashuv va treninglar izchil davom ettirilmoqda.