JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari “Milliy, mintaqaviy va global darajada xalq diplomatiyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida “Milliy, mintaqaviy va global darajada xalq diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari faol ishtirok etdilar.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi — turli mamlakat va mintaqalarda barqaror rivojlanishni ta’minlashda xalq diplomatiyasining o‘rni, fuqarolik jamiyati institutlarining roli, shuningdek, global munosabatlarda ochiqlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi, xorijiy ekspertlar bilan ilmiy-amaliy fikr almashuvi o‘tkazildi.

    JIDU vakillari konferensiyada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, yoshlarni xalqaro muloqot va diplomatiya jarayonlariga jalb etish borasidagi tajriba bilan o‘rtoqlashdilar. Universitet talabalari esa xalq diplomatiyasi va jahondagi zamonaviy integratsion jarayonlar bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflari bilan ishtirokchilar e’tiborini tortdilar.

    Tadbir JIDU jamoasi uchun g‘oyalar almashish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, o‘quv jarayonini zamonaviy geosiyosiy tendensiyalarga mos ravishda boyitish borasida muhim platforma bo‘ldi. Universitetimiz bundan buyon ham xalqaro ilmiy-fuqarolik muloqotlarida faol ishtirok etishni davom ettiradi.