JIDU ma’naviyat kompleksi xodimlari va tyutorlariga “Yoshlar orasida suitsidal holatlarni aniqlash va tahlil qilish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

    Joriy yilning 20-may kuni Oliy ta’lim vazirligining 2025-yil 5-maydagi 3/61-05-1717-sonli xatiga asosan, talaba-yoshlar o‘rtasida suitsidial holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, tyutorlarning malakasini oshirishga qaratilgan “Yoshlar orasida suitsidal holatlarni aniqlash va tahlil qilish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

    Tadbirni, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yetakchi psixologi, Gulruh Andakulova olib bordi.

    Seminar-trеningda tyutorlarga talabalar  orasidagi psixoemotsional muammolarni erta aniqlash, ularni bartaraf etish usullari va psixologik yordam berish borasidagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalar taqdim etildi.

    Shuningdek, talabalarda psixoemotsional barqarorlikni ta’minlash, stress holatlarini aniqlash va ularga samarali psixologik yordam ko‘rsatish orqali suitsidal holatlarning oldini olish bo‘yicha jahon psixologlari tajribalari o’rganildi.

    Seminar-treningda quyidagi asosiy mavzularga alohida e’tibor qaratildi:

    ·        O‘smirlar orasida suitsidal tendensiyalar va ularga olib keluvchi asosiy sabablar;

    ·        O‘smirlarning ichki va tashqi muhiti: stress, depressiya va ijtimoiy aloqa;

    ·        Psixologik maslahat berishning zamonaviy usullari va ishlash jarayoni;

    ·        Ota-ona va pedagoglar uchun profilaktika va aniqlash usullari.

    Seminar-trening interaktiv shaklda o‘tkazilib, tyutorlar o‘zlarining savollariga atroflicha javob oldilar va ularga psixologik yordam ko‘rsatishning eng yangi yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.